Yuksak ehtirom ifodasi
Buyuk mutafakkir shoir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligiga ulugʻ bobokalonimiz nomi bilan ataladigan viloyatda alohida hozirlik koʻrildi. Boisi mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan oʻtgan yil viloyatda “Navoiy yili”, deya belgilanib, shoir oʻz dostonlarida tarannum etgan gʻoyalar asosida keng koʻlamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” anʼanaviy IV xalqaro simpoziumi oʻtkazilib, unda dunyoning oʻn beshdan ortiq mamlakatidan oltmish nafarga yaqin navoiyshunos olimlar ishtirok etishdi. Shuningdek, Prezidentimizning “Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra viloyatning tuman va shaharlarida Navoiy bogʻ xiyobonlariga asos solindi.

Viloyatning Navbahor tumani markazi Beshrabot qoʻrgʻonida shoirning muazzam haykalining ochilish marosimi esa shubhasiz joriy yilda Alisher Navoiy siymosiga cheksiz ehtiromning ifodasi boʻldi.
- Ushbu haykal va bogʻ-xiyobon qurilishiga mablagʻni tumanimiz ahli tashabbusli byudjet loyihasida yutib olishdi, — deydi “Navbahor tonggi” gazetasi muharriri Uchqun Ochilov. — Albatta, bu birinchidan xalqimizni yagona ezgu niyat atrofida birlashtirgan boʻlsa, ikkinchidan qoʻrgʻonimizga fayz bagʻishladi.
- Viloyatda asosiy tantanalar viloyat markazidagi shoir haykaliga gulu gulchambarlar qoʻyish bilan boshlandi. Hududdagi korxona tashkilotlar, oliy taʼlim va maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari, keng jamoatchilik shoir haykali poyiga gullar toʻshab, taʼzim bajo keltirdilar.
- Shundan soʻng tantanalar “Farhod” Madaniyat saroyida “Nazm va navo” kechasi bilan davom etdi. Unda turkiy (oʻzbek) adabiyoti va tili ravnaqida shoirning bagʻishlangan maʼruzalar tinglanib, anjuman shoir gʻazallariga bastalangan mumtoz konsert dasturi bilan davom etmoqda.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring