Yoshlarning taʼlim va rivojlanishi yoʻlidagi tarixiy qadam
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvi mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va uning qamrovini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlarning navbatdagi muhim bosqichi boʻldi. Davlat rahbari taʼkidlaganidek, bugungi kunda yoshlar taʼlimini rivojlantirish, ularga zamonaviy bilim va malaka berish ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylanmoqda.
Soʻnggi yillarda oliy taʼlim muassasalari soni uch barobarga oshgani va taʼlim qamrovi 42 foizga yetgani davlatning yoshlar taʼlimiga boʻlgan eʼtiborining amaliy natijasidir. Ilgari oliygohlarga qabulda keskin raqobat hukm surgan boʻlsa, hozirda har bir yosh uchun oliy taʼlim olish imkoniyati yanada kengaydi.
Shuningdek, xotin-qizlarning oliy taʼlim olish imkoniyatlarini oshirish yoʻnalishida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda talaba qizlar soni 11 barobarga ortgani bu boradagi islohotlarning samaradorligini koʻrsatadi. Prezident taʼkidlaganidek, “Bitta qizni oʻqitsak, butun oila bilimli boʻladi”. Ayollarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash orqali jamiyatning umumiy intellektual salohiyatini yuksaltirishga erishilmoqda.
Yoshlarni xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirish ham davlat siyosatida muhim oʻrin tutadi. Ilgari 25 yil davomida 800 nafar yosh davlat hisobidan xorijga oʻqishga yuborilgan boʻlsa, soʻnggi 7 yil ichida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali bu koʻrsatkich uch barobar oshdi. Bu esa mamlakatda taʼlim va ilm-fan sohasida yuzaga kelayotgan ulkan imkoniyatlarning yorqin dalilidir.
Shu bilan birga, xorijda tahsil olayotgan yoshlarning ehtiyojlarini oʻrganish, ularni Vatanga qaytarish va munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash boʻyicha yangi tizim joriy etilmoqda. Endi bu jarayonda Yoshlar agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda ish olib boradi. Bu esa malakali mutaxassislarning mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshishiga imkon yaratadi.
Oʻzbekistonda taʼlim tizimini isloh qilish va yoshlarning rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar kelajakka qaratilgan oqilona siyosatning natijasidir. Bu saʼy-harakatlarning izchil davom ettirilishi mamlakatning intellektual salohiyatini yanada oshirib, uni dunyo miqyosida mustahkam mavqega olib chiqadi.
Munojot Yoʻlchiyeva,
Oʻzbekiston Qahramoni,
Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring