Yosh dzyudochilarimiz ham Osiyo kubogida tengsiz boʻlishdi
Qozogʻistonning Olma-ota shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Beket Mahmudov xotirasiga bagʻishlab Baluan Sholak nomidagi sport majmuasida oʻtkazilgan musobaqada yoshlarimiz ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, yosh polvonlarimiz turnirda 8 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, jami 21 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni band etishdi. Qozogʻiston terma jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan ikkinchi pogʻonadan joy olgan boʻlsa, kuchli uchlikka 1 tadan oltin va bronza medali bilan Tojikiston terma jamoasi yakun yasab berdi. Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan yosh dzyudochilarimiz:
Yigitlar
Oltin medal sohiblari:
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
-90 kg: Toʻlqinbek Turdiyev
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov.
Kumush:
-60 kg: Zamohshari Bekmurodov
-66 kg: Azizbek Ortiqov.
Bronza:
-66 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Asror Nortojiyev
+100 kg: Qahramon Rahmonov.
Qizlar
Oltin:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
-78 kg: Shirinjon Yoʻldosheva.
Kumush:
-70 kg: Shahlo Egamberganova
+78 kg: Fotima Kuramboyeva.
Bronza:
-48 kg: Maksuda Bekchonova
-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova
+78 kg: Xosiyat Masharipova.
Eslatib oʻtamiz, musobaqada doirasida oʻsmirlar terma jamoamiz ham 11 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza, jami 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring