Yogʻli ovqatlar miyani kislorod bilan taʼminlanishini buzadi
Foto: Freepik.com
Stressli holatdan oldin yogʻli ovqatlarni isteʼmol qilish qon tomirlarining ishini va miyani kislorod bilan taʼminlashni buzishi mumkin. Bu haqda “Frontiers in Nutrition” jurnalida chop etilgan tadqiqot yakunlari boʻyicha maqolada aytib oʻtilgan.
Tajribada 21 kishi — sogʻlom yigit va qizlar ishtirok etdi. Ular ikki guruhga boʻlindi. Birinchisiga koʻp yogʻli (56,5 gramm yogʻ), ikkinchisiga esa kam yogʻli (11,4 gramm yogʻ) ovqatlar berildi. Ular 8 daqiqalik stressli matematik topshiriqni bajarishdan 90 daqiqa oldin ovqatni isteʼmol qilishdi. Bunda ishtirokchilar muammoni hal qilishni tezlashtirishlari kerak edi. Agar ular notoʻgʻri javob berishsa, bundan xabardor qilib turildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar oʻzlarini ekranda koʻrib turish imkoniyati ham yaratildi. Tajriba ish yoki uyda kundalik stressni simulyatsiya qilish uchun moʻljallangan edi.
Ikkala turdagi oziq-ovqat ham qon tomirlarining kengayishiga va qon bosimining oshishiga yordam berdi. Biroq, koʻp yogʻli ovqat isteʼmol qilganlarda, qon tomir funksiyasi stressli hodisa tugaganidan keyin 90 daqiqadan soʻng sezilarli darajada buzilgan. Bundan tashqari, miyaga kislorod yetib berish kamaygan. Ishtirokchilarning oʻzlari stressli ish paytida va undan keyin yomon kayfiyat haqida xabar berishdi. Kam yogʻli ovqat isteʼmol qilgan ishtirokchilar tezroq normal holatga qaytishdi.
Umuman olganda, yogʻli ovqatlarni isteʼmol qilish qon tomirlari faoliyatini 1,74 foizga yomonlashtirgan. Avvalgi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, qon tomirlari funksiyasining 1 foizga buzilishi yurak-qon tomir kasalliklari xavfining 13 foizga oshishiga olib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring