«Yevroosiyo Banki» aksiyadorlik jamiyatini majburiy tugatish toʻgʻrisida rasmiy xabarnoma

16:17 29 Avgust 2025 Iqtisodiyot
371 0

«Yevroosiyo Banki» AJ tugatish komissiyasi («Bank» deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025-yil 27-avgustdagi 22/1-sonli Qarori bilan tayinlangan boʻlib, barcha omonatchilar, kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslarga Bankning majburiy tugatish jarayoni boshlanganligini maʼlum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, omonatchilar va kreditorlar tomonidan Bankka nisbatan talablarni bildirish muddati ushbu xabarnoma eʼlon qilingan kundan boshlab ikki oyni tashkil etadi.

Oʻz talablarini bildirish uchun Tugatish komissiyasiga yozma ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

  • Jismoniy shaxslar uchun: F.I.Sh., pasport maʼlumotlari, yashash manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, talabning mazmuni va miqdori.
  • Yuridik shaxslar uchun: tashkilotning toʻliq nomi, STIR (ИНН), yuridik manzili, bank rekvizitlari, talabning mazmuni va miqdori.

Arizaga talabning asosi va miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari yoki notarial tasdiqlangan nusxalari (shartnomalar, hisobvaraqdan koʻchirmalar, toʻlov hujjatlari va h.k.) ilova qilinishi shart.

Diqqat! Ikki oylik muddat tugaganidan soʻng, yaʼni 2025-yil 29-oktabr sanasidan keyin bildirilgan arizalar va talablar Tugatish komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Arizalar Tugatish komissiyasi tomonidan ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Minor tor koʻchasi, 77-uy.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 33 477 27 11.

«Yevroosiyo Banki» AJ Tugatish komissiyasi

Eʼlon qilingan sana: 2025-yil 29-avgust.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер