Yaxshilar bor boʻlsin!
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga zaruriy moddiy yordam koʻrsatish borasida Toshkent viloyati ”Mahalla”xayriya jamoat fondi tomonidan joriy yilning oʻttgan davri mobaynida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman va shahar boʻlinmalari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan 19 221 ta oilalarga 47 mlrd 411 mln soʻmlik ijtimoiy yordamlar koʻrsatildi.
Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibga asosan, “temir daftar”dagi 6 851 ta oilaga jami 16 mlrd 749 mln soʻm mablagʻ sarflangan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 589 nafar xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun esa 2 mlrd 378 mln soʻm, ehtiyojmand deb topilgan 10 781 ta oilalarga 28 mlrd 284 mln soʻm mablagʻ sarflangan. Ushbu yoʻnalishdagi ijtimoiy tadbirlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
Fondning Piskent tuman boʻlimi jamoasi 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumanda istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshira boshladi. Unga koʻra, tegishli tartibda shakllantirilgan roʻyxatdagi nogironligi bor shaxslar yashayotgan xonadonlarga tashrif buyurilib, mehrga muhtoj fuqarolar holidan xabar olinib, ehtiyoji yuzasidan moddiy yordam koʻrsatilmoqda.
— Bizni siylaganlarni Robbim siylasin, xasta koʻngilimizni shod qilganlar omon boʻlsin,-deydi, “Moʻminobod” MFYda yashovchi 1-guruh nogironi, koʻzi ojiz fuqaro Farxod Ergashev. — Tumanimizda biz kabi imkoniyati cheklanganlar talaygina. Davlatimizning mana shunday qoʻllab-quvvatlashi, zarurat sezilganda moddiy yordam koʻrsatishi tufayli biz ijtimoiy hayotda faolmiz. Kuchimizga-kuch, gʻayratimizga-gʻayrat qoʻshiladi. Yaxshilar bor boʻlishsin.
“Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi 2-guruh nogironlari Azimjon Azimov, Nilufar Tilavova, “Saidobod” MFYda yashovchi 2-guruh nogironi Shohjaxon Yoʻlchiyevlar ham masʼullar tashrifidan cheksiz mamnun boʻlishdi. Barcha xonadonlarda “Mahalla” xayriya jamoat fondining sovgʻalari ulashildi.
Shodiyor MUTAHAROV,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring