Yashil kometa 50 ming yil ichida birinchi marta Yerga yaqinlashadi
Foto: Illustrativ foto
1-2-fevral kunlari yaqinda kashf etilgan C/2022 E3 (ZTF) yashil kometasi Yerga 42 mln km masofaga yaqinlashadi. NASA maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy yarim sharda kometa yanvar oyining katta qismida ertalab durbin yordamida, Janubiy yarim sharda esa fevral oyi boshida koʻrinadi.
Kelgusi haftalarda kometa qanchalik yorqin boʻlishiga qarab, samoviy jism yanvar oyining oxirigacha qorongʻi osmonda oddiy koʻz bilan ham koʻrinishi mumkin.
Kometa muz va changdan iborat boʻlib, diametri 1 kilometrni tashkil etadi. Kometani yulduzlardan “dumi” hamda uning atrofidagi yorqin doira tufayli ajratish mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring