Yarim yilda Toshkent shahridagi haydovchilarga 36 mlrd soʻmdan ortiq jarima yozildi, salkam 26 mlrd soʻm jarima toʻlab boʻlindi
Arxiv foto
Toshkentda dastlabki olti oy davomida ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga, hodisalar oqibatida vafot etganlar 35,5 foizga, tan jarohati olganlar 27,5 foizga kamaydi. Bu haqda Toshkent shahar IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Olti oyda rasmiylashtirilgan 470,5 ming bayonnoma asosida 36,3 milliard soʻm jarima belgilanib, uning 25,6 milliard soʻmi yoki 70,5 foizi undirilib, davlat gʻaznasiga yoʻnaltirildi.
Piyodalar oʻrtasida yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtish holatlari koʻpayib bormoqda. Bu holatlarga barham berish maqsadida hozirgacha 43,5 mingta qoidabuzar piyoda aniqlanib, ularga oʻrnatilgan tartibda qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda chora koʻrildi.
Koʻcha va yoʻllarda, yirik savdo majmualari atrofida sunʼiy tirbandliklarning oldini olish maqsadida, toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzgan 20,5 ming haydovchiga oʻrnatilgan tartibda choralar koʻrildi.
Tizimdagi yaxshi yangiliklarda yana biri – “Billing” tizimida toʻlovlar amalga oshirilib, poytaxtning 7 ta tumanida haydovchilik guvohnomasini Davlat xizmatlari markazi orqali berish yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring