Yaponiya imperatori Abdulaziz Komilovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Yaponiya imperatori Naruxito Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovni “Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni” bilan mukofotladi. Mukofot A.Komilovga imperatorning Tokiodagi qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan.
“Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni” — Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblanib, A.Komilovga ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan koʻp yillik hissasi uchun berildi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yilda ushbu mukofot bilan Sodiq Safoyev, 2022-yilda esa Aziz Abduhakimov mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring