Yangiqoʻrgʻondagi maktab xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha namuna koʻrsatmoqda

Yangiqoʻrgʻon tumanining “Yuksalish” mahallasida joylashgan 10-umumtaʼlim maktabida uch mingga yaqin oʻquvchi tahsil oladi. Bu maktabda asosiy fanlar qatori ingliz va nemis tillarini oʻqitishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayni maqsadda til oʻrgatishning zamonaviy vositalari – kompyuter, ovoz kuchaytirgich, interfaol doska va boshqa elektron jihozlar jamlangan maxsus sinf xonasi imkoniyatlaridan keng foydalanilayotir. Tugallangan oʻquv yili yakunlari bilan taʼlim dargohining 50 nafar oʻquvchisi IELTS sertifikatini qoʻlga kiritib, oliy oʻquv yurtiga kirish imtiyozlariga ega boʻldi.
— Davlatimiz rahbari sovrini uchun oʻtkazilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” respublika tanlovida birinchi oʻrinni egallaganimiz ayni yoʻnalishdagi katta yutugʻimiz boʻldi, — deydi 10-umumtaʼlim maktabi direktori Aziza Asqarova. — Oʻquvchilarimiz tanlovdagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun 500 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bunga qoʻshimcha ravishda ularga Buyuk Britaniyaga taʼlim sayohati yoʻllanmasi ham taqdim etildi.
Aytish lozimki, qishloq maktabidagi namunali tahsil natijasi bitiruvchilar katta qismining oliy oʻquv yurtlariga qabul qilinishida ham yaqqol koʻrinadi. Birgina joriy yilning oʻzida ular soni 90 nafarni tashkil etib, talabalikka erishgani buning tasdigʻidir.
Maʼlumot uchun, xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha oʻtkazib kelinayotgan yuqoridagi nufuzli tanlovda Namangan viloyati vakillari muntazam faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelishmoqda. Ular safida yangiqoʻrgʻonliklardan tashqari viloyat markazidagi 7- umumtaʼlim maktabi, Chortoq tumanidagi 53- umumtaʼlim maktabi jamoalari bor.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring