Yangiyoʻlda futbol akademiyasi ochildi

15:05 27 Avgust 2025 Jamiyat
98 0

Yangiyoʻl tumanidagi Xalqobod mahallasida joylashgan futbol akademiyasi toʻliq rekonstruksiya qilinib, istiqlol bayrami arafasida foydalanishga topshirildi. Bunyodkorlik ishlari 17,5 milliard soʻmlik investitsiya dasturi mablagʻlari hisobidan amalga oshirildi.

Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganidek, ushbu akademiya yosh avlodni jismonan sogʻlom, intellektual va mahoratli sportchilar etib tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

Zamonaviy talablarga javob beradigan futbol akademiyasi 154 oʻringa moʻljallangan boʻlib, oʻquvchilarni 6-sinfdan boshlab qabul qiladi va jami 7 ta sinfni qamrab oladi.

Akademiyaning ochilish marosimida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Yangiyoʻl tumani hokimi Odiljon Ataullayev, futbol ishqibozlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Otabek ISROILOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер