Yangihayot tumaniga yangi prokuror tayinlandi

11:22 18 Mart 2026 Jamiyat
345 0

Shukurullayeva Mohira Ergashbayevna Yangihayot tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 18-mart kuni Yangihayot tumani prokuraturasi binosida Toshkent shahar prokurori v.b., Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshligʻi, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi v.b., masʼul tashkilotlar rahbarlari hamda tuman prokuraturasi xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Yigʻilish kun tartibida bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilingan. Xususan, Shukurullayeva Mohira Ergashbayevna Yangihayot tumani prokurori etib tayinlangan. Unga yangi lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, uning bilim va tajribasi Yangihayot tumanida huquqiy tartibotni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirilgan.

Yigʻilish davomida Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning samaradorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar ham muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер