Yangi imorat foydalanishga topshirildi
Nukusda zamonaviy kino-konsert zali foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, bu boradagi moddiy-texnik bazani mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga yuksak eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Aytish joizki, besh yuz sakson besh oʻrinlik kino-konsert zaliga ega ushbu bino “Investstroy Nukus” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 11 milliard soʻmlik loyiha asosida qayta taʼmirlandi.
-Oltmish yillik shonli tarixga ega jamoamiz milliy madaniyatimiz hamda sanʼatimizni dunyo xalqlariga tanishtirib kelmoqda,-deydi “Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli rahbari Ayapbergan Allaniyazov.- Jamoamiz ixtiyoriga ushbu zamonaviy binoning berilgani barcha sanʼatsevarlarni quvontirdi. Bu bizni yanada ilhom bilan izlanishga ruhlantirmoqda.
Hidoyat AHMEDOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring