Yana bir tayinlov: Botir Xoʻjayev yangi lavozimni egalladi

23:32 24 Fevral 2020 Jamiyat
1863 0

Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etilgan Botir Asadillayevich Xoʻjayev hukumatda yangi lavozimni egalladi.

Manbaning xabar berishicha, hukumat tuzilmasi yangilangan va yangi lavozimlar joriy etilgan. Endilikda sobiq vazir Botir Xoʻjayev Bosh vazirning sanoat va kooperatsiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

2016-yildan Moliya vaziri lavozimida ish boshlagan Botir Xoʻjayev 2017-yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga oʻtkazilgan, 2019-yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xoʻjayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi.

Bundan avvalroq Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga oʻtkazilgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?