JCH-2018. Sensatsiyalar davom etadi. Messi va Ronaldu ortidan Ispaniya ham musobaqani tark etdi
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak final uchrashuvlari davom etmoqda. So‘nggi ikki kun bir qator qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi Fransiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Portugaliya Urugvay qarshiligini yenga olmadi. Ikkala o‘yinda ham “PSJ” futbolchilari qahramon bo‘lishdi. Fransiyani Kilian Mbappening dubli keyingi bosqichga olib chiqqan bo‘lsa, Urugvayda bu ishni Edinson Kavani bajardi.
Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning dastlabkisi esa sensatsiya bilan tugadi. Rossiya terma jamoasi 2010 yilgi jahon chempioni Ispaniya terma jamoasi bilan kuch sinashib, asosiy va qo‘shib berilgan 30 daqiqada ham durang o‘ynashdi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Rossiya terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeyev ikkita seyvni amalga oshirib, jamoasini chorak finalga olib chiqdi.
Xorvatiya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ham xuddi shunday vaziyat kuzatildi. Bu safar penaltilar seriyasida xorvatlar darvozaboni 3ta penaltini to‘sib, jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Chorak finalda endi aynan Rossiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring