Vladimir Putin ham Oʻzbekiston Prezidentini tabrikladi
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizni samimiy muborakbod etaman.
Siz xalqingiz orasida va xalqaro maydonda yuksak obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgansiz. Sizning rahnamoligingizda Oʻzbekiston iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yoʻlidan ishonch bilan ilgarilamoqda, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv rol oʻynamoqda.
Siz shaxsan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshmoqdasiz. Biz, shubhasiz, Rossiya va Oʻzbekistonning doʻst xalqlari farovonligi yoʻlida, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash manfaatlarini koʻzlab, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari boʻyicha birgalikda ishlashda davom etamiz.
Sizga chin yurakdan mustahkam sogʻlik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring