Vladimir Norov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Xitoy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, tomonlar XXR Davlat Kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I ning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi chogʻida va Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlar natijalarini yuqori baholadilar.
Oʻzbekistonning SHHTga raisligi doirasida rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring