Vengriya amaliy sanʼat muzeyida Oʻzbekistonning boy madaniy merosiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etiladi
Oʻzbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya amaliy sanʼat muzeyi kolleksiyasi direktori Jombor Yekey bilan uchrashdi.
Muzokaralar chogʻida Vengriya muzeyida Oʻzbekiston madaniyatini targʻib qilish, shuningdek, Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi va Vengriya amaliy sanʼat muzeyi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash doirasida Vengriya amaliy sanʼat muzeyida oʻzbek amaliy sanʼatining boy merosiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston hududlaridan sopol buyumlar, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslar namoyish etiladi.
Ushbu tadbir Vengriya aholisi va mehmonlariga Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va tarixi bilan yaqindan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Qayd etilishicha, boʻlajak koʻrgazma nafaqat oʻzbek hunarmandlarining yuksak mahoratining namoyishi, balki mamlakatlarimiz oʻrtasidagi madaniy almashinuv va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.
Tomonlar, shuningdek, Toshkent va Budapeshtda bir qator qoʻshma madaniy tadbirlarni tashkil etish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha ham kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring