Vatan himoyasi — muqaddas burch
Ayni kunlarda davlatimiz rahbarining 2026-yil 2-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan milliy armiyamiz saflariga navbatdagi chaqiruv amalga oshirilyapti. Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi haykali oldida yoshlarni harbiy xizmatga kuzatishga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Xorazmlik yoshlarning navbatdagi guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari saflarida xizmat qilish uchun belgilangan hududlarga joʻnatildi. Kuzatish marosimida viloyat hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, boʻlajak askarlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar boʻlgʻusi askarlarga Vatan himoyasi yoʻlidagi sharafli xizmatlarida omad tiladilar.
— Bugun men uchun hayotimdagi unutilmas kun, — deydi chaqiriluvchi Diydorbek Rajabboyev. — Vatanimizni himoya qilish har bir yigitning muqaddas burchi, deb bilaman. Buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi bobomizning munosib vorisi boʻlishga, xizmatni aʼlo darajada oʻtab, ustozlarim, ota-onamning ishonchini oqlab, yorugʻ yuz bilan qaytishga vaʼda beraman.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring