UzautoMotors qachongacha istaganini qiladi?
Arxiv surat
Bugungi kunda isteʼmolchilar avtomashinalar narxlari koʻtarilganidan norozi. Bir yoki ikki foizga emas, birdaniga 15-20 foizga!
Nima sababdan, qaysi omillar tufayli? Nega aynan xaridorgir boʻlgan avtomashinalarning narxi tushishni oʻrniga koʻtarilib ketgani koʻpchilik isteʼmolchilarning noroziligiga sabab boʻlmoqda. Ammo vaʼdalarga koʻra aksincha, bu yil avtomashina narxi tushishi kutilayotgan edi. Bu ishi bilan UzautoMotors isteʼmolchilar ustidan yana bir ahmoqona “yurish qildi”. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2019-yil davomida 100ga yaqin rangi oʻchganidan tortib, texnik nosozligi oʻz joyida turgan, hech qanday tashqi omillarsiz oʻz-oʻzidan yonib ketgan mashinalar toʻgʻrisida arizalar kelib tushgan. Biz ustavda belgilangan tizim orqali isteʼmolchilarimizga koʻmak koʻrsatgan boʻlishimizga qaramasdan, muammolar koʻpaysa koʻpaydiki, aslo kamaymadi. UzautoMotors monopol tashkilot hisoblanar ekan, bu kabi muammolarning adogʻi boʻlmasligi aniq.
Toʻgʻri, xalqimiz mehnatkash, orzu-havas uchun ham mashina olish ishtiyoqidan aslo qaytmaydi. Lekin bu degani istalgancha xalq bilan hisoblashmasdan narxlarni oshirish kerak degani emas! Bu ketishda xalqimiz ancha payt musofir yurtda “qora ishchi” degan tamgʻa bilan yurishga mahkum. Toʻgʻrida, oʻz davlatida qadr topmagan xalqni oʻzga yurtda boshini silarmidi?! Qachongacha oʻzga yurtda yaratilgan imkoniyatlarga havas qilib yuramiz? Qachonki, UzautoMotorsdan tashqari yana raqobatdosh zavodlar ish boshlasa, shundagina narxning tushishidan umid bor. Aks holda xalqqa nisbatan bunday bepisand va tahqirlovchi kayfiyat hali beri ularni tark etmaydi.
Gapimiz nihoyasida isteʼmolchilarimizdan shuni iltimos qilardikki, qoʻyilgan bahoga koʻnib ketavermang. Yurtboshimiz ham “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” deb bekorga aytmagan. Xalq manfaati oʻylanmas ekan, uni talab qilish huquqiga toʻlaqonli haqlimiz.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring