“UzAirways” Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etdi (+video)
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani munosabati bilan parvoz jadvalidagi majburiy oʻzgarishlar haqida maʼlumot berdi.
Ushbu oʻzgarishlar Toshkentdan Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket shaharlari yoʻnalishlariga, shuningdek, ushbu shaharlardan Toshkentga qaytish reyslariga taalluqlidir.
Mazkur vaziyat sababli ayrim parvozlar belgilangan vaqtdan oʻrtacha 1,5 soatga yoki undan koʻproqqa choʻzilishi mumkin. Aviakompaniya yoʻlovchilarning tushunishi va sabr-toqatini soʻrab, ularning qulayligi uchun barcha zarur choralarni koʻrayotganini taʼkidladi.
Agar reys bekor qilinsa, yoʻlovchilarga jarimasiz tarzda yaqin sanalarga qayta bron qilish imkoniyati yoki aviabilet uchun toʻlangan summani toʻliq qaytarib olish huquqi taqdim etiladi.
“Bu boradagi barcha harakatlar «Uzbekistan Airways”ning yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va havo kemalari xavfsizligini taʼminlash borasidagi ustuvor vazifasidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring