Urgutga temiryoʻl tarmogʻi tortilmoqda
Samarqand shahrini Urgut tumani bilan bogʻlovchi yangi temiryoʻl tarmogʻi zamonaviy muhandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etilyapti. Koʻhna kent hududidan boshlanuvchi poʻlat izlar Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan 4R-238 avtomobil yoʻlini kesib, Zarafshon daryosi boʻylab oʻtadi va uning ustiga qurilgan koʻprik orqali Urgut tumaniga boradi.

— Hozirda temiryoʻl oʻtadigan 55 kilometr yoʻlning asosiy qismida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda, — deydi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kapital qurilish direksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Anvar Allamuratov. — Shuningdek, ikkita vokzal qurilishi ham boshlangan, birinchisi Urgut shahrida, ikkinchisi Urgutning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Jartepa hududida qad rostlamoqda.

Bu loyiha tuman tadbirkorlarining oʻz mahsulotlarini temiryoʻl orqali xorijga eksport qilishiga imkoniyat yaratadi, transport tizimini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish va aholi turmush darajasini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring