O‘qituvchilar hamon majburiy mehnatga jalb etilayotgani aytildi (video)
Yaqinda “O‘zbekiston” telekanali orqali “Munosabat” tok-shousi efirga uzatildi. Ko‘rsatuvda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Umarov boshchiligidagi mutasaddilar hamda ekspertlar ishtirok etdi.
Alisher Umarovning aytishicha, bugungi kunda o‘qituvchilar turli ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etilmoqda.
“O‘qituvchilar elektr puli to‘lanmayotgani haqidagi kvitansiyalarni tarqatib yurishibdi. O‘qituvchilar avgust oyida mahallalarga borib, oilalarning ajralmasligi uchun targ‘ibotchi ekan.
Yoki direktorlarni qidirsak, ular yo‘q. Qayerda? Majlisda. “Mayli, men vazir o‘rinbosariman, keyinroq kelaman deb, qaytib kelsam, yana yo‘q. Qani desam, keyingi majlisga ketdi deyishdi. Xalq ta’limi sohasidagi xodimlar agar boshqa joyda bo‘lsa, bolalarimiz kim bilan qoladi, ularga kim ta’lim beradi?” — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring