Ummon guruhi xonandasi Zohidga 5 yillik qamoq jazosi tayinlandi va u shartli jazoga almashtirildi
2022 yilning sentyabr oyida Ummon guruhi solisti Zohid Risxiyev mashinasida katta tezlikda boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etgan va YTH natijasida bir kishi vafot etgandi. Zohid Risxiyevning o‘zi jiddiy jarohat olib shifoxonaga yotqizilganji. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ochiq sud majlisida Zohid Riskiyevga (1990 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Ummon” guruhining sobiq xonandasi, muqaddam sudlanmagan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2023 yil 9 avgustdagi hukmiga ko‘ra Z. Riskiyev Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Z. Riskiyevga aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini, jabrlanuvchining qonuniy vakili va jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi, ularning sudlanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘rab bergan fikrini, sudlanuvchining sog‘lig‘i og‘ir ahvolda ekanligini inobatga olib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 72-moddasini (shartli hukm qilish) qo‘llab va tayinlangan jazoni shartli deb hisoblab, 2 yil sinov muddati belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring