Umbara: sholichilikdan 20 milliard soʻm daromad olinadi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Purviqor togʻlar etagida joylashgan Soʻx tumanining eng kichik qishloqlaridan biri — Umbaraning tabiati xushmanzara, fusunkor. Soʻx daryosi boʻyidagi bu maskanning devzira guruchi Fargʻona vodiysida oʻziga xos taʼmi, mazasi tufayli mashhur. Qishloq ahli ota-bobolari tomonidan oʻzlashtirilgan toshloq yerlarda sholi yetishtiradi.
Ayni kunlarda 300 gektar maydonda sholini yigʻib olish ishlari olib borilmoqda. Umbaraliklar joriy yilda 2 ming 100 tonnadan ortiq sholi olish orqali daromad salmogʻini 20 milliard soʻmga yetkazishni maqsad qilishgan.
— Qishloq ahli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh oʻzgarishlardan bebahra emas, — deydi Karimjon Joʻrayev. — Hududdagi bitta bogʻcha va maktabda farzandlarimiz barkamol avlod boʻlib ulgʻayishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar tojik tili bilan birga oʻzbek va boshqa xorijiy tillarni ham qunt bilan oʻrganishmoqda. Yaqinda Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan maktabga zamonaviy musiqa asboblari tuhfa etildi.
Aytish joiz, Soʻx tumanining daryo boʻyicha joylashgan qishloqlarida devzira guruchi yetishtirish borasida oʻziga xos hayotiy tajriba bor. Hozirgi kunda tumanda 1000 dan ziyod oilalar aynan sholichilik bilan shugʻullanadi.









Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring