Umar Xayyom haqidagi ikkinchi kitob nashrga tayyorlanmoqda
Yozuvchi Nabi Jaloliddin Umar Xayyom haqidagi “Oraliq“ romanining davomini yozib tugatgani haqida xabar berilgan edi. Endi ikkala kitob ham nashrga tayyorlanmoqda, deb xabar berildi yozuvchining Telegramdagi kanalida.
Umar Xayyom hayoti va ijodi, uning oʻsmirlik va yigitlik davrlari haqida soʻzlovchi “Oraliq“ romani kitobxonlar tomonidan juda iliq kutib olingan edi.
Ushbu tarixiy romanni yakunlash, Umar Xayyomning haqiqiy hayotini oxiriga yetkazish maqsadida, shuningdek, kitobxonlarning talablariga binoan, yozuvchi Nabi Jaloliddin Xayyom haqidagi ikkinchi kitobni yozib tugatgan edi.
Hozir har ikki roman ham bitta kitob holida “Yangi asr avlodi“ nashriyotidan tomonidan nashrga tayyorlanmoqda. Tez kunlar ichida bu kitob kitobxonlar qoʻliga yetib boradi.
Ushbu yangi roman “Gʻayb ostonasida“ deb nomlanadi. Unda Xayyomning Xayyom boʻlishidagi davrlar, mashhurligi, oʻsha paytdagi tarix va tarixiy shaxslar, Gʻazzoliy bilan uchrashuv, umuman, hamma-hammasi qalamga olingan.
2011-yilda Nabi Jaloliddinning Umar Xayyom haqida hikoya qiluvchi “Oraliq“ romani kitob holida nashrdan chiqqandi va Yozuvchilar uyushmasining nasr kengashi tomonidan yuqori baholangan, kitobxonlar esa iliq kutib olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring