Ulugʻ mutafakkir dahosiga ehtirom
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga
Bugun poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida soʻz mulkining sultoni, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda ilm-fan va sanʼat namoyandalari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, navoiyshunos olimlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining talaba-yoshlari, oʻquvchilar ishtirok etdi.
Tadbirni ochgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo ulugʻ shoir ijodining bezavol va betakrorligi, tarbiyaviy ahamiyati haqida toʻxtalib, uning jahon adabiyotida tutgan oʻrni, ilm-fani rivojiga qoʻshgan munosib hissasi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning ohori toʻkilmas ijod namunalari olti asrdan buyon insoniyatga ezgulik va yaxshilik ziyosini taratib kelmoqda. Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston fan arbobi, akademik Abdulla Aʼzam, Vengriyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja va boshqalar buyuk mutafakkirning hayoti va ijodi dunyo xalqlari uchun milliy iftixor, maʼnaviy kamolot timsoli sifatida yuksak eʼzoz va eʼtirofga sazovor ekani haqida gapirdilar. Yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar tomonidan Alisher Navoiyning gʻazal va ruboiylaridan namunalar ijro etildi.
Tadbir davomida taniqli sanʼatkorlar tomonidan Navoiy gʻazallariga bastalangan kuy-qoʻshiqlar yangradi. Ulugʻ shoir haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, uning dahosiga hurmat bajo keltirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring