Ukraina Tramp va Putin “menyu”sidami?
Geosiyosatda bir asosiy qoida bor: agar siz muzokaralar stolida oʻtirmasangiz, demak, “menyu”dasiz. Yevropa Tramp va Putin uchrashuvidan oldin Ukraina boʻyicha pinhona kelishuvlardan xavotirga tushgan.
Dunyodagi eʼtibor Donald Tramp va Vladimir Putinning boʻlajak uchrashuviga qaratilgan. Ayrim tahlilchilar bu uchrashuv Ukrainadagi urushni tugatish uchun katta imkoniyat, deb baholamoqda. Biroq Yevropa va Kiyevda xavotir kuchaygan — asosiy xavf shundaki, Gʻarb OAV taʼkidlaganidek, qarorlar faqat ikki rahbar oʻrtasida, boshqalar ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin.
Italiyaning La Stampa nashri bu xavotirni bitta jumlada ifoda etdi: “Kim stolda oʻtirmasa — u “menyu”da boʻladi”. Avstriyaning Kleine Zeitung gazetasi yozishicha, hozir Yevropa Ittifoqi faqat “qoʻrqoq konsensus” bilan cheklanmoqda, bunday yondashuv esa kuchli shaxslar boshqargan dunyoda samara bermaydi.
Matbuotda uchrashuv “Koreya modeli” asosida yakun topishi mumkinligi haqida ham xabarlar bor. Yaʼni hududiy oʻzgarishlarni rasman tan olmasdan, qurolsizlantirilgan hudud orqali ziddiyatni muzlatib qoʻyish. Bu taklifni AQSHning Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellog ilgari surgan. Ammo Kiyevda bu ssenariy haqiqiy tinchlikka olib kelmaydigan xavfli kelishuv sifatida baholanmoqda.
Mutaxassislar fikricha, muzokaralarni Xitoy rahbari Si Szinpin diqqat bilan kuzatadi. Ushbu jarayondan soʻng u Tayvanga harbiy bosqin qilish imkoniyatini ham baholashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring