Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini “Starlink” tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.
Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 24 500 ta “Starlink” terminalini yetkazib bergan. Ehtimol, Germaniya qoʻshimcha terminallar xarid qiladi va ularning oylik foydalanish toʻlovlarini ham oʻz zimmasiga oladi.
Ukrainada uzoq masofali qurollar ishlab chiqilishi mamlakatga oʻz hududidan tashqaridagi nishonlarga qarshi cheklovlarsiz zarba berish imkonini yaratadi. Shu bois, Germaniya tomonidan “Taurus” qanotli raketalarini yetkazib berish oʻrniga, tomonlar Germaniyaning bevosita ishtirokisiz qandaydir muqobil yechim topishga intilyapti. Bu yechim “Taurus” oʻrnini bosuvchi boshqa qurollar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Hozircha bu qanotli raketalarmi yoki dronlarmi – aniq maʼlum emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring