Uchqun chiqqan! “Toshkent metropoliteni” poyezd toʻxtashi sababini eʼlon qildi

23:28 29 Aprel 2021 Jamiyat
1501 0

“Toshkent metropoliteni” korxonasi kuni kecha poyezd toʻxtashi sabablarining tekshiruvi natijalarini eʼlon qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Chilonzor yoʻnalishida “Buyuk ipak yoʻli” — “5-bekat” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti “Milliy bogʻ” va “Novza” bekatlari oraligʻida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda toʻxtashni amalga oshirgan.

Poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yoʻlda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib qolgan. Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar berdi, yoʻnalishdagi xarakat tarkiblarni elektr taʼminotdan uzilgan va shundan soʻnggina barcha yoʻlovchilar poyezddan “Novza” bekatigacha evakuatsiya qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?