Uch viloyatda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi (+video)

Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tumanlardan biridagi filiali boshligʻi tuman hokimligi tomonidan oʻzining turmush oʻrtogʻi nomiga sotish huquqisiz, ijara shartnomasi asosida ajratilgan 42 sotix yer maydonini xaridorga sotib, keyinroq hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming AQSH dollari talab qilgan.
Shundan soʻng, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1974-yilda tugʻilgan fuqaro Davlat kadastrlar palatasining Jarqoʻrgʻon tumani filiali kadastr muhandisi bilan til biriktirib, oʻzi tomonidan noqonuniy egallab olingan, aslida Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasida boʻlgan 40 sotix yer maydonini xaridorga 200 million soʻmga sotishga va 4 million soʻm evaziga uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishga kelishgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1974-yilda tugʻilgan fuqaro 200 million soʻmni, kadastr muhandisi esa 4 million soʻmni olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birining raisi oʻzganing nomida boʻlgan 15 sotix maydondagi yakka tartibdagi turar-joyni va unga tutash joylashgan davlat zaxirasidagi 1 gektar 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 150 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, fuqaroning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring