Uch hududda fuqarolar tomonidan 411 million soʻmlik “svet” va gaz oʻgʻirlandi

15:52 13 Yanvar 2026 Jamiyat
357 0

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro Gʻ.D. “Xos” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 180 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.

Shu kabi yana bir holat, departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.

Unga koʻra, “H.I.” oilaviy korxonasi rahbari fuqaro A.S. «Temirak« MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 129,4 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Shuningdek, departamentning Kattaqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.B. “Qoʻshqoʻton” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 102,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻlgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?