Tut choydan tatib koʻring!
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida keyingi yillarda pillachilik sohasida ilm-fan yutuqlari, innovatsiya gʻoyalari asosida koʻplab istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, bu borada Xitoy va Vyetnam tajribasi boʻyicha pillachilik tarmogʻida yil davomida hosil olish, xomashyoni sanoat usulida qayta ishlash hamda ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish orqali eksport salohiyatini yuksaltirishda quvonarli yutuqlarga erishilmoqda.
Ayni paytdagi saʼy-harakatlar doirasida Margʻilon shahrida joylashgan “Nurli tong silk” MCHJ pillachilik klasteri tomonidan tut bargidan choy ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Shu tariqa Xitoy texnologiyasi asosida ishlovchi korxonada bir soatda 35 kilogramm qora va koʻk choy tayyorlash mumkin.
— Bir necha marotaba Xitoyga borib, ushbu loyihaning iqtisodiy samaradorligi oʻrganildi. Natijada, bu loyihani amalga oshirish uchun 200 ming dollari miqdorida investitsiya jalb etilib, 10 ta yangi ish oʻrini yaratildi, — deydi “Nurli tong silk” MCHJ direktori Maqsudjon Qosimov. — Yangi loyiha oddiy tut bargidan qoʻshimcha qiymat zanjiri yaratish imkonini berdi. Zamonaviy texnologiya yordamida bir kilogramm tut bargidan 750 gramm tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.
Hozirda Fargʻona viloyatida 4 ming gektarga yaqin tutzor mavjud boʻlib, bir gektar tutzordan oʻrtacha 50 tonnaga yaqin tut bargi yigʻib olinadi. Demak, xomashyo borasida muammo boʻlmaydi.
Mutaxassislarning eʼtirof etishicha, tut bargi tarkibida koʻp miqdorda vitaminlar hamda kaliy, kalsiy, magniy, natriy, fosfor, temir kabi mikroelementlar jamlanadi. U qandli diabet, bosh ogʻrigʻi, yoʻtal, koʻz shamollashida inson salomatligi uchun foydali.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring