Turkiyaning yirik muxolifat partiyasi yetakchisi nomaʼlum shaxs tomonidan hujumga uchradi (+video)

Turkiyaning eng yirik muxolifat partiyasi, Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Oʻzgʻur Oʻzel nomaʼlum shaxs tomonidan hujumga uchradi. Bu haqida “CNN Turk” nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, siyosatchi Istanbulning “Otaturk” nomidagi madaniyat markazida oʻtkazilgan xotirlash marosimida ishtirok etib, qaytayotgan vaqtda nomaʼlum shaxs tomonidan hujumga uchragan.
Turkiya Ichki ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, siyosatchi Oʻzgʻur Oʻzelga hujum qilgan shaxs qoʻlga olingan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, siyosatchiga tajovuz qilgan shaxs 66 yosh hisoblanib, muqaddam oʻgʻirlik, tahdidlar hamda jismoniy kuch ishlatish kabi koʻplab jinoyatlar sodir etib kelgan. Rasmiylarning aytishicha, uning nima sababdan bu ishga qoʻl urgani hozircha nomaʼlum.
Mazkur holat yuzasidan Istanbul Bosh prokuraturasi ham bayonot bilan chiqdi.
“Jumhuriyat Xalq partiyasi raisi Oʻzgʻur Oʻzelning bugun ishtirok etgan dastur chogʻida kaltaklanishi bilan bogʻliq tergov ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu harakatni amalga oshirgan shaxs qoʻlga olingan”, — deyiladi Istanbul Bosh prokuraturasi xabarida.
Shuningdek, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi ham siyosatchi Oʻzgʻur Oʻzelga qilingan ushbu tajovuzni qoralagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring