“Trionda”. 2026-yilgi Jahon chempionati rasmiy toʻpi haqida nimalar maʼlum?

Foto: FIFA
2026-yilgi Jahon chempionati rasmiy toʻpi namoyish etildi. Mazkur toʻp “Adidas” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, yangi avlod texnologiyalari bilan jihozlangan. Uning dizayni va innovatsion texnologiyalari musobaqaning tarixiy ahamiyatini oʻzida mujassam etgan. Xususan, unga “Trionda” nomi berilishi ham ramziy maʼnoga ega.
FIFA prezidenti Janni Infantino buni quyidagicha izohladi:
“FIFA Jahon Chempionati-2026 uchun rasmiy toʻp – bu chinakam sanʼat asari! Men “Trionda” toʻpini taqdim etishdan xursandman va faxrlanaman. “Adidas” yana bir bor ramziy va texnologik jihatdan mukammal toʻpni yaratdi – bu dizayn uch mezbon mamlakat – Kanada, Meksika va AQShning birdamligini, ishtiyoqini oʻzida ifoda etadi.
Bu goʻzal toʻpning darvozani toʻriga borib tushishini intiqlik bilan kutyapman. Futbol bayrami tobora yaqinlashmoqda – va toʻp endi harakatda!”

“Trionda” nomi ispan tilidan tarjima qilinganda “uch toʻlqin” degan maʼnoni anglatadi. Bu nom birinchi bor uch davlat – Kanada, Meksika va AQSh – birgalikda musobaqaga mezbonlik qilayotganini ramziy tarzda namoyish etadi. Masan, ranglar uygʻunligi: Kanada (qizil), Meksika (yashil) va AQSh (koʻk) ranglaridan ilhomlangan. FIFA Jahon chempionati kubogiga ishora sifatida oltin bezaklar ishlatilgan.
Toʻpining oʻziga xos xususiyatlari:
Toʻlqinli geometrik dizayn: Yangi toʻrt paneldan iborat shakl, toʻlqin effektlarini aks ettiruvchi chuqur choklar orqali havo harakatida mukammal barqarorlikni taʼminlaydi.
Yangi avlod texnologiyalari:
Yopishqoqlikni oshiruvchi yuzaki ikonlar, ayniqsa nam havoda oʻyin uchun qulaylikni taʼminlaydi. Unga 500 gerts chastotadagi harakat datchigi oʻrnatilgan. Bu texnologiya toʻpning harakatini aniq qayd etib, VAR tizimiga real vaqt rejimida maʼlumot yuboradi, ayniqsa noaniq vaziyatlar, jumladan ofsayd holatlarini aniqlashda yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring