Transport vaziri Seulga tashrif buyurdi
Ayni damda transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Xizmat safarining ilk kuni vazir Seul shahar maʼmuriyati qoshida tashkil etilgan transport maʼlumoti xizmati (TOPIS)ga tashrif buyurib, shahar transport tizimini operativ boshqaruv faoliyati, haydovchisiz harakatlanayotgan transport vositalarining pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yoʻl maʼlumotlarini tahlil qilib borish imkoniyatlari bilan tanishdi.
Xizmat safari davomida, Seul shahri jamoat transporti sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamdagi islohotlar, xususan, shaharda joriy etilgan avtobus yoʻlaklari (BRT), integrallashgan elektron toʻlov (T-Money) tizimi, daromadlarni tashuvchilar oʻrtasida taqsimlashda “Pool” tizimi, jamoat transport infratuzilmasida aholining zaif qatlamlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishiladi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrgangan holda bevosita xorijiy ekspertlar ishtirokida, yangicha yondashuvlar asosida Toshkent shahri jamoat transporti tizimini isloh qilish boʻyicha ishlar davom etmoqda. Aynan mazkur jarayonda Janubiy Koreya tajribasi asosida shahar transport tizimini rivojlantirish borasida eng maqbul yechimlarni amalda qoʻllash koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring