Tramp: Oʻzbekiston AQShga 100 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kelgusi oʻn yilda Oʻzbekiston Amerikaning muhim tarmoqlariga 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi misli koʻrilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni eʼlon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida Oʻzbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi oʻn yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi”, deb yozadi Tramp.

AQSh Prezidenti, shuningdek, Oʻzbekistonning Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat oʻrtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutishini qayd etgan.
Avvalroq Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida savdo-iqtisodiy sheriklik boʻyicha qator bitimlar imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring