Tramp xorijlik bitiruvchilarni AQSHda olib qolmoqchi

15:00 21 Iyun 2024 Dunyo
189 0

Foto: AP

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp qayta saylansa, AQSH kollejlarining xorijlik bitiruvchilariga avtomatik ravishda yashil kartochkalar berishini aytdi. Immigratsiya masalasida qatʼiy pozitsiyasi bilan tanilgan respublikachi nomzodning aytishicha, bitiruvchilar mamlakatda qolishi kerak.

Tramp Kremniy vodiysining texnologik investorlari bilan boʻlgan podkastda iqtidorlarni AQSHga olib kelishni osonlashtirishga vaʼda bergan. Siyosatchiga koʻra, yashil karta bitiruvchilarga AQSHda doimiy yashash, ishlash va fuqarolikka yoʻl beradi.

«Ular Hindistonga, Xitoyga qaytib, oʻsha joylarda kompaniyalar bilan ishlab, minglab odamlarni ish bilan taʼminlaydigan milliarderga aylanishadi. Ular buni shu yerda qilishi mumkin», — deydi Tramp.

Uning qoʻshimcha qilishicha, avval talabalarga yashil karta berish dasturiga pandemiya toʻsqinlik qilgan.

Bir vaqtlar muhojirlar «mamlakatimiz qonini zaharlamoqda», degan sobiq prezident noyabrda qayta saylansa, mamlakat tarixidagi eng yirik hujjatsiz muhojirlarni deportatsiya qilishini aytib, raqibi Baydenning immigratsiya siyosatini qoralagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?