Tramp hammani Tehrondan ketishga chaqirdi — AQSH urushga qoʻshildimi?

10:07 17 Iyun 2025 Dunyo
360 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida “hamma Tehronni zudlik bilan evakuatsiya qilishi kerak”, deya yozdi.

“Eron «kelishuv”ni imzolashi kerak edi. Qanday sharmandalik va hayotni behuda sarflash. Eron yadroviy qurolga ega boʻla olmaydi! Men buni qayta-qayta aytdim!» — deya qoʻshimcha qilgan Oq uy rahbari.

16-iyun kuni “The Jerusalem Post” nashri Yevropa va Amerika rasmiylariga tayanib, Oq uy rahbari Eronga “yakuniy taklif” bilan chiqish niyatida ekanini xabar qildi.

Netanyahu Xomanaiyni yoʻq qilishni istisno etmadi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyni yoʻq qilish rejalarini istisno etmaydi.

Avvalroq, prezident Donald Tramp mojaroni keskinlashib ketishidan choʻchib, Isroilning Eron oliy rahnamosini oʻldirish rejasini rad etgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Netanyahuning aytishicha, bu mojaroni keskinlashtirmaydi, aksincha, unga barham beradi.

Isroil bosh vaziri shuningdek, Eron rejimi yarim asrdan beri Yaqin Sharqda “mojarolarni tarqatib” kelayotganini va “hammani dahshatga solayotganini” aytdi.

“Isroil haqiqatan ham Eronning oliy rahbarini nishonga oladimi?”, degan savolga Netanyahu davlat “xalq uchun kerakli ishni qilyapti”, dedi.

Oʻz navbatida, Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi Isroilga berilgan zarbalarni oʻzini oʻzi himoya qilish deb atadi. Tehron Fors koʻrfazi yetakchilaridan Donald Trampdan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarda yordam soʻrashni soʻradi.

Tramp Vens va Uitkoffga Eron vakillari bilan uchrashishni buyurdi
Donald Tramp maxsus elchi Stiv Uitkoff va vitse-prezident Jey Di Vensni shu hafta Eron vakillari bilan uchrashishga taklif qildi.

Taʼkidlanishicha, agar uchrashuv roʻyobga chiqsa, Eron tomonidan katta ehtimol bilan unda Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Araqchi ishtirok etadi.

CNN telekanalining xabar berishicha, Oq uy rahbari oʻz jamoasiga imkon qadar tezroq Eron rasmiylari bilan uchrashuv tashkil etishni topshirgan.

Tramp AQSH Milliy Xavfsizlik Kengashiga yigʻilib, Oq uydagi vaziyat xonasida yigʻilishga tayyor turishni buyurgan.

AQSHning bunker bombalarini Isroilga berib Eronga bosim oʻtkazishi mumkin
AQSH maʼmuriyati Tehron yadroviy dasturi boʻyicha muzokaralarda Eronga taʼsir oʻtkazish uchun bunker bombalarini Tel-Avivga oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “Axios” portali xabar bermoqda.

Portal manbalariga koʻra, hozirda Isroilda mavjud boʻlmagan bombalar Eronning Fordo yerosti yadroviy inshootini yoʻq qilish uchun zarur.

Bundan tashqari, “Axios” Oq uy Tehron bilan AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Vitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi oʻrtasida shu hafta uchrashuv oʻtkazish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqidagi maʼlumotni tasdiqladi. Vashington yadroviy bitim tuzish va Eron — Isroil mojarosiga barham berishni nazarda tutuvchi diplomatik taklifni muhokama qilmoqchi. Shu bilan birga, uchrashuv masalasi hali yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Katta yettilik (G7) Isroilni qoʻllab-quvvatladi
Yettilik guruhi (G7) davlatlari yetakchilari Isroilni qoʻllab-quvvatlab, Eronni Yaqin Sharqdagi “terror manbai” deb atadi. Bu haqda “G7” qoʻshma bayonotida maʼlum qilindi.

“Eron mintaqadagi beqarorlik va terrorning asosiy manbai hisoblanadi. Biz Eron hech qachon yadro quroliga ega boʻlmasligi kerakligini izchil taʼkidlab kelganmiz”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Hujjatda, shuningdek, “Eron inqirozi”ni tartibga solish, deeskalatsiya va Yaqin Sharqda, jumladan, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga olib keladi.

Avvalroq amerikalik senator Lindsi Grem Eron hukumatini agʻdarishga chaqirgan edi.

“Eronlik oyatulloh va uning tarafdorlarining boshini yopish vaqti keldi. Keling, tezda Yaqin Sharqda yangi sahifani — bagʻrikenglik, umid va tinchlik bobini boshlaylik”, — deydi u.

Eron rasmiylari AQSH bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi
Eron rasmiylari vositachilarga AQSH bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini, biroq avvalo Isroildan hujumlarini toʻxtatishni istashlarini aytishdi, deb yozmoqda “Washington Post” oʻz manbalariga tayanib.

“Eron rasmiylari vositachilarga AQSH bilan yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanliklarini aytishdi, biroq avvalo ular Isroildan hujumlarini toʻxtatishini istashmoqda”, — deb yozadi nashr.

Nashrning yozishicha, oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni boshlash harakatlariga Oʻmon va Qatar boshchilik qilgan.

13-iyunga oʻtar kechasi Isroil Eronning yadroviy va harbiy obyektlariga zarba berib, “Uygʻongan sher” operatsiyasini boshladi. Hujumlarda yadro qurolini ishlab chiqish bilan bogʻliq infratuzilmani, shuningdek, yuqori martabali harbiy xizmatchilarni nishonga olindi.

Eron Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning havo hujumlari oqibatida halok boʻlganlar soni 220 nafardan oshib ketgan. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor. 1300 nafar kishi shifoxonalarga yotqizilgan. Ularning 90 foizdan ortigʻi tinch aholi vakillari ekani aytilmoqda.

Oʻsha kuni kechqurun Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi “Haqiqiy vaʼda 3” operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi va Isroilga qarshi raketa zarbalarini berdi. Tehron yahudiy davlatining harbiy infratuzilmasiga, jumladan, havo bazalari va boshqa strategik obyektlariga keng koʻlamli zarbalar bera boshladi.

Eronning Isroilga javob zarbalari natijasida 24 kishi halok boʻlgan, 200 dan ortiq kishi yaralangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?