Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. “Fox News” telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.
CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbalarning taʼkidlashicha, harbiylar bunday amaliyotga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
“Axios” nashrining yozishicha, Tramp Eronning bir necha strategik obyektlari, jumladan, Fordo yadroviy kompleksi — uranni boyitish markaziga zarba berish imkonini muhokama qilmoqda.
Buyuk Britaniya ham Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini faollashtirmoqda. Mamlakat mudofaa vaziri Jon Xilining maʼlum qilishicha, London mintaqadagi bazalariga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlar joʻnatishga kirishgan.
“Independent” nashri xabar berishicha, samolyotlarning birinchi guruhi allaqachon oʻz manziliga yetib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring