Tramp: AQSH, Rossiya va Ukraina sammiti “nisbatan yaqin vaqtda” boʻlib oʻtadi
AQSH prezidenti Donald Trampning fikricha, Rossiya rahbari Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻrtasida Amerika ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv “nisbatan yaqin vaqtda” amalga oshishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Bilmayman, nisbatan yaqin vaqtda. Biz bu masalani qandaydir yoʻl bilan hal qilamiz, ammo nisbatan yaqin vaqtda”, — dedi respublikachi Bedminsterda jurnalistlar savoliga javoban.
Trampdan navbatdagi bosqich sifatida AQSH ishtirokida uch tomonlama sammit boʻladimi, degan savol ham soʻraldi.
“Muzokaralar boʻladi, uni sammit deb ataysizmi yoki shunchaki uchrashuv debmi — farqi yoʻq”, — deya javob berdi Amerika rahbari.
Avvalroq Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari oʻrtasida shaxsiy adovat yuqori darajada ekanini bildirib, shu bois ikki tomon oʻrtasidagi barcha muzokaralarni uning oʻzi olib borishiga toʻgʻri kelishini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring