Tovar belgisi qanday roʻyxatga olinadi?

Oʻzbekistonda tovar belgisini roʻyxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Sanoat mulki muhofazasi portaliga (ip.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.
Talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
➖ tovar belgisi sifatida belgini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili koʻrsatilgan arizasi;
➖ talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri;
➖ belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovarlar yoki xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlarning roʻyxati.
Agar talabnoma patent vakili orqali berilgan boʻlsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Shuningdek, talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring