“Tottenhem”ning ikki hujumchisi YTHga uchradi
“Tottenhem” futbolchilari Uilson Odober va Randal Kolo Muani yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, London shahrida yuz bergan baxtsiz hodisaga “Ferrari” rusumli avtomobilning shinasi yorilib ketishi sabab qilib koʻrsatilgan. Avariyaga uchragan mashina Randal Kolo Muaniga tegishli boʻlgan, Uilson Odober esa u bilan birga kelayotgan boʻlgan.
“Tottenhem” klubi bosh murabbiyi Tomas Frank matbuot anjumanida vaziyatga izoh berib, Odober va Kolo Muani sogʻ-salomat ekanini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, hodisa unchalik jiddiy boʻlmagan.
“Barcha ishtirokchilar yaxshi. Ular safarni biroz kechroq davom ettiradi”, dedi Frank.

Shuningdek, Tomas Frank ayrim futbolchilarning jarohati haqida ham maʼlumot berdi. Uning aytishicha, Pedro Porro son orqa mushagi jarohati sabab toʻrt haftaga safdan chiqqan, Mikki van de Venda esa yengil shikast bor va u ham oʻyinda qatnashmaydi.
Mazkur YTH “Tottenhem”ning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi soʻnggi tur uchrashuvi oldidan sodir boʻldi. Londonliklar bugun, 28-yanvar kuni soat 20:00 da “Ayntraxt Frankfurt”ga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda “Tottenhem” Chempionlar ligasining liga bosqichida beshinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa ushbu oʻrinni saqlab qolsa, toʻgʻridan-toʻgʻri nimchorak finalga yoʻl oladi va qoʻshimcha pley-off bahslaridan qutuladi. Frank jamoa tarkibiga asosiy hujumchi Dominik Solankening uzoq muddatli jarohatdan soʻng qaytishi katta ahamiyatga ega ekanini ham alohida qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring