Toshkentga yana 200 ta “Yutong” elektrobusi olib kelinadi

14:43 01 Iyul 2025 Jamiyat
104 0

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ

Yaqin kunlarda Toshkent shahriga Xitoyning 200 dona “Yutong” elektrobusi olib kelinadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 26-iyun kuni Xitoyning “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 10 minginchi avtobus oʻzining foydalanuvchisiga topshirilgan. Marosimda Oʻrta Osiyo davlatlaridan jamoat transporti sohasiga aloqador idora va tashkilot vakillari, xodimlari qatnashgan.

Taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo uchun maxsus ishlab chiqilgan mazkur, 10 minginchi avtobus “Toshshahartransxizmat” tomonidan xarid qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yilning fevral oyida Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning “Yutong Bus” kompaniyasi xalqaro marketing boʻyicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, harakat tarkiblarini yangilash va elektrobuslar sotib olish masalalari muhokama qilingandi. Bunda Toshkent shahri uchun mingta avtobus va 200 ta elektrobus sotib olish boʻyicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер