Toshkentdagi yana bir koʻchada harakat 20 kunga cheklandi

20:45 11 Aprel 2025 Jamiyat
447 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan birida harakatlanish imkoniyati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari dasturi doirasida joriy yilning 11-aprelidan 1-mayigacha issiqlik tarmoqlarining quvurlarini reja asosida almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan Mirzo-Ulugʻbek tumani — KHAY boʻylab “Crafers” zavodi yaqini va 99-maktab hududi (KHAY va Oqqurgon koʻchasi kesishmasi)dagi avtomobil yoʻlining bir boʻlagida harakatlanish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

“Yoʻl marshrutini rejalashtirayotganda buni eʼtiborga olishingizni soʻraymiz. Ishlar olib borilayotgan hududda ehtiyotkorlikni saqlashga undab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent shahrida yirik sport tadbirlari oʻtkazilishi sababli Yangi Oʻzbekiston koʻchasida hamda unga tutash koʻchalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanishi xabar qilingan edi. Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek tumanida kabel liniyalarini oʻtkazish ishlari boshlangani munosabati bilan, Sultoniya koʻchasining Buyuk Ipak yoʻli chorrahasidan to Sultoniya 5-tor koʻchasigacha boʻlgan qismida 10-apreldan 30-aprel soat 17:00 gacha transport harakati qisman cheklangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер