Toshkentdagi festivalda mushtlashuv yuz berdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar oʻzaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko koʻchasida oʻtkazilayotgan “Mangal Fest” festivalida ayrim fuqarolar jamoat tartibini buzib oʻzaro janjallashgan. Shu yerda xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu janjal toʻxtatib qolinib, ogʻir oqibatlar sodir etilishining oldi olingan.
Shundan soʻng ushbu mushtlashuvda qatnashgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, profilaktik suhbat oʻtkazish maqsadida yaqin oradagi IIBga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha jamoat tartibini buzishda ishtirok etgan fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring