Toshkentda taksichilardan pul undirib kelgan jinoiy guruh qoʻlga olindi
Videodan kadr
Toshkent viloyatidan poytaxtning Yashnobod tumani yoʻnalishi boʻyicha taksi xizmatini koʻrsatuvchi haydovchilarga tahdid qilib, ulardan oʻzboshimchalik bilan oylik toʻlov undirib kelgan jinoiy toʻda aʼzolari ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Alimqulov Sherzod Umaraliyevich ismli 1989-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan fuqaro mazkur jinoiy guruhga boshchilik qilgan. «Bыchok« laqabini olgan shaxs sportning turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanib kelgan. U muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan uch marotaba sudlangan.
Ushbu shaxs jinoiy sheriklari bilan birgalikda “Damas” rusumli avtomashina haydovchisini urib, tan jarohati yetkazgan va mashinasining kalitini zoʻrlik ishlatib olib qoʻygan. Guruh aʼzolari doimiy ravishda haydovchilarning yoʻnalishda harakat qilishiga toʻsqinlik qilib kelgan.
Ariza muallifining ham hayoti va sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazish bilan qoʻrqitib, kelgusida Yashnobod tumani hududiga qatnovni amalga oshirish evaziga oldindan ikki oylik toʻlov sifatida 810 dollarni olgan. Keyingi toʻlovlarni toʻliq bera olmagani sabab yoʻnalishga chiqishini oʻzboshimchalik bilan taqiqlab qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruh yetakchisi va uning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-modda 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ushbu toʻda harakatlaridan aziyat koʻrgan fuqarolardan ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish soʻraldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring