Toshkentda sunʼiy yomgʻir yogʻdiriladi

18:03 31 Mart 2026 Hujjatlar
297 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Joriy yilning 25-mart kuni Prezidentning “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan «Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–46-son farmoni qabul qilindi.

Prezident farmoniga koʻra, Oʻzbekistonda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish va sunʼiy shamol texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy qilish choralari koʻriladi.

Xususan, 2027-yil 1-oktyabrga qadar Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida namlik past boʻlgan hududlarda maxsus uskunalar oʻrnatilib, sunʼiy yomgʻir chaqirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun ijobiy sinovdan oʻtgan xorijiy tajriba oʻrganib chiqiladi.

Hujjatga asosan, ushbu tashabbusni amalga oshirish Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va Oliy taʼlim vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Loyiha uchun mablagʻ Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasidan ajratiladi.

Keltirilishicha, mazkur texnologiyani joriy etish orqali havodagi chang va zararli moddalarni kamaytirish, atmosfera sifatini qisqa muddatda yaxshilash hamda qurgʻoqchilik sharoitida namlikni oshirish maqsad qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?