Toshkentda salonida qariyb 3 kg “gashish” boʻlgan “Cobalt” toʻxtatildi

Videodan kadr
Oʻzbekistonda Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan giyohvandlik vositasining aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbirda Yunusobod tumanida yashovchi 1983-yilda tugʻilgan shaxs boshqaruvida boʻlgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Tekshiruv davomida avtomashinaning salon qismida sof ogʻirligi 967 gr boʻlgan “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning 1985-yilda tugʻilgan jinoiy sherigidan ham 1 kg 992 gr “gashish” moddasi olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring