Toshkentda qurilishga ruxsat olib berish uchun 900 ming dollar soʻraganlar ushlandi

10:40 09 Sentyabr 2025 Jamiyat
84 0

Videodan kadr

Toshkent shahrida koʻp qavatli uy qurishga ruxsat olib berish uchun 900 ming dollar soʻragan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati “Call markazi”ga murojaat qilib, 2 nafar shaxs oʻzlarining hokimlikda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Sergeli tumanida joylashgan MCHJga tegishli 1 gektar yer maydonining toifasini oʻzgartirib, u yerda koʻp qavatli uy-joy qurishga ruxsat olib berish evaziga 900 ming AQSH dollari talab qilishganligini maʼlum qilgan.

Toshkent shahrining Mirobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirish niyatida boʻlgan “uddaburon”lar kelishilgan pulning 220 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?